locale OZ

Jamshid Saidov: «Men ham insonman, men ham xato qilaman»

«Qizilqum» ustozi «Buxoro»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Jamshid Saidov: «Men ham insonman, men ham xato qilaman»
photo: Qizilqum FK

Superliganing 20-turidagi so‘nggi o‘yin Navoiyda bo‘lib o‘tdi. Unda «Qizilqum» va «Buxoro» o‘rtasida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 5 ta gol urilgan o‘yinda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Navoiyliklar 3:0 hisobida oldinda borayotib, keyinchalik o‘z darvozasidan ikkita gol o‘tkazib yuborishdi, o‘yin intrigasi rosa «qaynadi». Yakunda «Qizilqum» bir amallab g‘alabani saqlab qoldi. O‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Jamshid Saidov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘yin bo‘yicha yigitlarga ortiqcha e’tiroz yo‘q. G‘alabaga bo‘lgan shijoatni ko‘rsatishgani va yakunda g‘alabaga erishganimiz uchun stadionga kelgan barcha muxlislarimizni tabriklayman.

- Tarkibda qilgan o‘zgarishlardan keyin nazarimda jamoaning o‘yin sifati yomonlashgandek bo‘ldi...

- Ha, men ham insonman, men ham xato qilaman. Lekin bugun qayerdadir shoshilib qaror qabul qildim, deb hisoblayman. Zaxira almashinuvini amalga oshirishga shoshildim va besh nafar himoyachi bilan o‘ynashga o‘tdim.

Lekin xatolar ham bo‘lib turadi. Eng muhimi, bugun baribir g‘alaba qozondik. Yigitlar bugun g‘alaba uchun qo‘llaridan kelgan hamma ishni qilishdi, imkonsizdek ko‘ringanini ham amalga oshirishdi», - deya Saidovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.a

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting