locale OZ

Jamshid Boltaboyev “Andijon” sharafini himoya qiladi

Muxlislar mehrini qozongan yarim himoyachi Jamshid Boltaboyev bilan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jamshid Boltaboyev “Andijon” sharafini himoya qiladi
photo: Andijon fk

“Andijon” matbuot xizmati navbatdagi transferni eʼlon qiladi!

"Muxlislar mehrini qozongan yarim himoyachi Jamshid Boltaboyev bilan shartnoma imzolandi.

Maʼlumki, futbolchi joriy mavsumni “Neftchi”da boshladi va ikkinchi davrada “Navbahor”da toʻp surdi.

Maʼlumot uchun, Jamshid 1996-yilning 3-oktyabr sanasida Toshkentda tavallud topgan. 2014-yildan 2018-yilgacha “Paxtakor”da oʻynagan. 2019 va 2021-yillari “Soʻgʻdiyona” sharafini himoya qilgan. 2022-2024-yilgi mavsumlarni esa “Navbahor”da oʻtkazgan.

Yuqorida aytib oʻtganimizdek, bu yilgi chempionatda Boltaboyev “Neftchi” hamda “Navbahor”da toʻp surdi. Umumiy hisobda Jamshid joriy mavsumda 27 ta uchrshuvda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani bajardi.

Futbolchi “Paxtakor”da ikki marta mamlakat chempionligiga ham sazovor boʻlgan.

Umid qilamizki, Boltaboyev yangi mavsumda jamoamizning gʻalabalariga oʻz hissasini qoʻshadi.

Jamshid, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting