locale OZ

Jamoliddin Rahmatullayev: «Biz ushbu turnir orqali Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlik koʻrishni rejalashtirganmiz»

Turnirdagi ilk bahs Qirg'izistonga qarshi kechadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jamoliddin Rahmatullayev: «Biz ushbu turnir orqali Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlik koʻrishni rejalashtirganmiz»
Фото: ЎФА

“CAFA U-20 Championship 2026” musobaqasi oldidan Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Avvalambor, musobaqa tashkilotchilariga yuqori saviyadagi tashkiliy ishlar uchun minnatdorchilik bildiraman. Menimcha, ushbu musobaqa barcha ishtirokchilar uchun juda muhim ahamiyatga ega. Chunki biz istalgan vaqtda xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishimiz mumkin, ammo ular baribir rasmiy musobaqa tajribasini bera olmaydi. Rasmiy oʻyinlarda bosim ham, mas’uliyat ham butunlay boshqacha boʻladi.

Biz ushbu turnir orqali Osiyo kubogi saralash bosqichiga tayyorgarlik koʻrishni rejalashtirganmiz.

Umid qilamanki, ushbu musobaqa barcha jamoalar uchun foydali va eng muhimi, jarohatlarsiz oʻtadi.” — dedi Jamoliddin Rahmatullayev.

Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi “CAFA U-20 Championship 2026”musobaqasidagi ilk uchrashuvini Tojikistonda Qirgʻiziston U-20 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting