James Angliya yig‘inini o‘tkazib yuboradi
U APL tur doirasida jarohat olgan.
ФОТО: Getty images
Londonning "Chelsi" klubi o‘ng qanot himoyachisi Ris James Angliya terma jamoasining oktyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
The Athletic xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi "Liverpul"ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:1) noqulayliklar his qilmoqda. U klub bazasida tiklanishni davom ettiradi. James joriy mavsum 9 ta o‘yinda 1 ta golli uzatma berdi.
Endilikda uning o‘rniga “Manchester Siti”dan O’Raily chaqiriladigan bo‘ldi.
Angliya terma jamoasi oktyabr oyida ikkita o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist