locale OZ

Jamal Musiala: «Ko‘pchiligingiz xavotirda ekanligingizni tushunib turibman»

Futbolchi Bavariyaning so‘nggi o‘yinlarida hushidan ketishiga sabab bo‘lgan sog‘lig‘idagi muammolar haqida gapirib berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jamal Musiala: «Ko‘pchiligingiz xavotirda ekanligingizni tushunib turibman»
photo: gettyimages

Jamal Musiala Bavariyaning so‘nggi o‘yinlarida hushidan ketishiga sabab bo‘lgan sog‘lig‘idagi muammolar haqida gapirib berdi.

«Birinchi navbatda shuni aytmoqchimanki, men bilan hammasi joyida! Xabarlaringiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun juda minnatdorman!

Ko‘pchiligingiz xavotirda ekanligingizni tushunib turibman. Bugun men xavotirlaringizni tarqatishni va ba’zi narsalarni tushuntirib berishni xohlayman. Menda nevrologik disfunksiya tufayli yuzaga kelgan qisqa muddatli, ammo davolanishi oson bo‘lgan absanslar (hushning qisqa muddatga yo‘qolishi) tashxisi qo‘yilgan. Bu, masalan, Leypsigga qarshi o‘yinda yoki hozir Xaydenxaym bilan bo‘lgani kabi holatlarga olib kelishi mumkin. Bilaman, bir qarashda bu qo‘rqinchli ko‘rinadi, ammo hozirgi vaqtda ular kundalik hayotimning bir qismidir. Men a’lo darajadagi tibbiy yordam olyapman va juda ko‘tarinki kayfiyatdaman. Bavariya va atrofimdagilar bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Shuni ta’kidlash muhimki, bundan tashqari sog‘lig‘im uchun hech qanday xavf yo‘q. Mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda bu chorlovni qabul qilish mening shaxsiy xohishim edi va nevrologlarning ruxsati bilan sog‘ayishimga eng ko‘p yordam beradigan ish bilan shug‘ullanishni davom ettirmoqchiman — shunchaki o‘zimning kundalik hayotim bilan yashash va butun vujudim bilan futbol o‘ynashda davom etish. Buning uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga oldim. Umuman olganda, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman va to‘g‘ri yo‘ldaman. Menga eng ko‘p yordam beradigan narsa — bu sizning qo‘llab-quvvatlovingiz ostida jamoam bilan g‘alabalar va titullarni qo‘lga kiritishda davom etish.

Umid qilamanki, bu meni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi. Shu bilan birga, vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishingizga umid qilgan holda, bundan buyon ushbu mavzuni faqat eng yaqin tanishlarim, klub va ekspertlar doirasida saqlab qolishni istardim. Katta rahmat», – deb yozdi Musiala Instagramda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting