locale OZ

Jaloliddin Masharipov Qozog‘istonga murojaat qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov jamoaning Jahon chempionatiga chiqqani munosabati bilan Qozog‘iston muxlislariga video murojaat yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni Abu-Dabidagi hal qiluvchi o‘yinda terma jamoamiz BAAga qarshi durang qayd etib, ilk bor Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Masharipov o‘yindan so‘ng maydonda turib, qo‘shni davlatdagi muxlislarga minnatdorchilik izhor etdi.

«Salom Qozog‘istondan! Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat. Sizlarga ham keyingi safar Jahon chempionatida ishtirok etish nasib qilsin. Ishonamanki, sizlar ham bunga erishasizlar!» — dedi futbolchi.

Uning samimiy so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi va qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yana bir bor namoyon etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting