Jaloliddin Masharipov: Ishonamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi
O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov Nyu-York shahridagi yig‘inlar davomida O‘FA matbuot xizmatiga tayyorgarlik jarayoni haqida qisqacha intervyu berdi.
«Barcha o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti tabriklayman. Nyu-Yorkda mashg‘ulotlarni boshlab oldik. Hozirda adaptatsiya jarayoni boshlandi. Bizni ayeraportda kutib olgan barcha o‘zbekistonliklarga rahmat aytaman.
Hozirda holatim juda yaxshi. A’lo darajada desam ham bo‘ladi. Jahon chempionatida qo‘ldan kelgancha yordam berishga harakat qilaman.
Jahon chempionatiga qadar bizni juda yaxshi o‘yinlar kutmoqda. Bu bahslar orqali o‘zimizni tekshirib olamiz. Ishonamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi», — deya Masharipovning so‘zlaridan keltiradi O‘FA matbuot xizmati.