locale OZ

Jaloliddin Masharipov: \"Har doimgidek, oldingi o'yinlar kabi o'ynashimiz kerak\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jaloliddin Masharipov: "Har doimgidek, oldingi o'yinlar kabi o'ynashimiz kerak"
Photo: UFA

Xabaringiz bor Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bir necha kundan keyin Jahon chempionati so'nggi saralash bosqichi doirasidagi biz uchun muhim qarama-qarshiliklardan biri bo'lib o'tadi.

Eron chempionatida sovrin yutib terma jamoamiz mashg'ulotlariga qo'shilgan Jaloliddin Masharipov UFA rasmiy saytiga jarayon o'z fikrlarini bildidi:

"Hamma bolalarni kayfiyati yaxshi. Oldimizda qanaqa o'yin borligini bilib turibmiz. Motivatsiyani juda oshirib yuborish ham kerak emas. O'yin paytida halaqit qilishi mumkin. Har doimgidek, oldingi o'yinlar kabi o'ynashimiz kerak. Huddi shu muhit va kayfiyat bilan harakat qilishimiz kerak deb o'ylayman. Bosimdan qutilish uchun jamoaga kayfiyat ulashyapmiz (kuladi).

Hali uchrashuvga besh kun vaqt bor. Hadeb o'yin haqida o'ylayverish insonga halaqit va salbiy ta'sir qiladi. Jismoniy holatim yaxshi. O'n beshinchi sanada chempionat tugagan bo'lsa, keyin yana ikki hafta klub bilan mashg'ulot qildik va ikkita rasmiy o'yin o'tkazdik. Shuning uchun hammasi joyida. Birlashgan Arab Amirliklari havosiga ham ancha moslashib oldik",-deydi Masharipov

Eslatib o'tamiz BAA-O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi bahs 5 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting