locale OZ

Jaloliddin Masharipov: “Ertaga o'zimizni oqlashga haqqimiz yo'q”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jaloliddin Masharipov: “Ertaga o'zimizni oqlashga haqqimiz yo'q”
FOTO: UzbekistanFA

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida BAA'ga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz a'zosi Jaloliddin Masharipov ham ishtirok etib, ertangi o'yin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Hayotimda birinchi bor bunday bosqichga yetib keldik. Ertaga tarix yaratishimiz kerak va o'zbek xalqining kuni bo'lishi lozim.

Barcha uchun qo'ldan kelgancha, katta bayram qilib berishga harakat qilamiz. Bu yergacha kelganimiz bekorga emas. Vaqti keldi va biz Jahon chempionatiga borishimiz kerak.

Ertaga o'zimizni oqlashga haqqimiz yo'q. Shu paytgacha oqlab keldik. Maqsadimiz - butun O'zbekistonni xursand qilish”, - deydi Masharipov.

Eslatib o'tamiz, BAA - O'zbekiston o'rtasidagi bahs ertaga, 5-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Ushbu uchrashuvdagi durang natija ham bizni mundialga olib chiqadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting