locale OZ

Jakomo Raspadori faoliyatini yana A Seriyada davom ettirishi mumkin

«Atletiko» hujumchisi asosiy tarkibda kam koʻrinish bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jakomo Raspadori faoliyatini yana A Seriyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Jakomo Raspadori Italiya chempionatiga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 25 yoshli futbolchi «matraschilar» asosiy tarkibida kam maydonga tushayotgani sababli, uning ona yurtiga transferi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Bu futbolchiga Rimning «Roma» klubi qiziqish bildirayotgani ma’lum. Shuningdek, «Milan» va Turinning «Yuventus» klublari ham Raspadori uchun raqobat qilishi kutilmoqda, deya xabar beradi jurnalist Ekrem Konur X dagi sahifasida.

Hujumchi joriy yilning avgust oyida «Napoli»dan Diego Simeone boshchiligidagi jamoaga o‘tgan. O‘shanda transfer summasi 22 million yevroni tashkil qilgan. Transfermarkt portali ekspertlariga ko‘ra, Raspadorining hozirgi bozor qiymati 25 million yevroga baholanadi.

Joriy mavsum boshidan Raspadori Madrid klubi safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting