locale OZ

Jakaning transferi bo'yicha qo'shimcha tafsilotlar ma'lum bo'ldi

Granit Jaka “Chelsi”ga o‘tishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jakaning transferi bo'yicha qo'shimcha tafsilotlar ma'lum bo'ldi
Foto: Getty Images

Shveysariya terma jamoasi va “Sanderlend” yarim himoyachisi Granit Jaka faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi London klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Kelishuv 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallanishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda “Chelsi” va “Sanderlend” transfer shartlari bo‘yicha muzokara olib bormoqda. “Sanderlend” Jaka uchun kamida 40 million yevro talab qilayotgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralarning navbatdagi bosqichi yaqin 48 soat ichida bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan mavsumda Granit Jaka barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting