locale OZ

Jaka \"Sanderlend\" bilan kelishuvga erishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jaka "Sanderlend" bilan kelishuvga erishdi
Photo: Getty Images

"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Granit Jaka faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, shveytsariyalik futbolchi Premer-liganing yangi a’zosi "Sanderlend" bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishdi.

Futbolchiga, shuningdek, "Milan" va Saudiya klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Granit Jakaning "Bayer" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting