Jaka «Chelsi»ga o‘tishdan bosh tortdi
“Sanderlend” yarim himoyachisi Granit Jaka “Chelsi” safiga o‘tmaslikka qaror qildi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzioni rasmiy sayti xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, shveytsariyalik futbolchi bosh murabbiy Xabi Alonsoga shaxsan londonliklar taklifini rad etganini ma’lum qilgan. 33 yoshli yarim himoyachi “Sanderlend”da qolish va faoliyatini shu jamoada davom ettirishni ma’qul ko‘rgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu qaror Alonsoning rejalariga ta’sir qilgan, chunki u tajribali futbolchi bilan jamoa markazini kuchaytirishni istagan edi.
Shu bilan birga, The Athletic nashrining yozishicha, Jakaning “Sanderlend”da qolishi eng ehtimoliy ssenariy bo‘lib qolmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Avvalroq “Chelsi” shveytsariyalik futbolchi uchun 8 million funt sterling taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq “Sanderlend” bu taklifni darhol rad etgan.