Jahongir O‘rozov Rossiyada faoliyatini davom ettirishi mumkin
Samarqandning "Dinamo" klubi himoyachisi va O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jahongir O‘rozov faoliyatini Qozonning "Rubin" klubida davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi insayder Ivan Karpov.
"Rubin" jahon chempionatida ishtirok etgan himoyachi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda: gap 22 yoshli markaziy himoyachi O‘rozov haqida ketmoqda. Klublar muloqotda va narx borasida kelishish uchun harakat qilmoqda. O‘rozov — eng yaxshi o‘zbek himoyachilaridan biri: baquvvat, chapoyoq, pas berish qobiliyatiga ega va chidamli, — deb yozgan u o‘zining Telegram kanalida.
Jahongir O‘rozov Toshkentning "Bunyodkor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilda u Turkiyaning "Eyupspor" klubiga o‘tgan. 2024 yilda Turkiya klubi futbolchini Samarqandning "Dinamo" klubiga ijaraga bergan, 2025 yil boshida samarqandliklar uni erkin agent maqomida imzolashgan.