locale OZ

Jahongir Jiyamurodov — «Guliston» bosh direktori

2025-yilning noyabridan esa «Guliston» klubi bosh direktori lavozimiga tayinlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahongir Jiyamurodov — «Guliston» bosh direktori
Фото: Гулистон ПФК

«Guliston» klubi qayta tiklanib, yangi mavsumni Birinchi ligada boshlaydigan bo‘lgan.

Klubga sirdaryolik sobiq futbolchi va mutaxassis Jahongir Qudratovich Jiyamurodov bosh direktor etib tayinlandi.

Jiyamurodovning futbolchilik va murabbiylik faoliyatiga nazar solamiz:

Professional futboldagi faoliyatini 2003-yilda «Mash’al»da boshlagan. Muborakliklar bilan 2005 yil chempionatda vise-chempion bo‘lgan, 2006 va 2008-yilda jamoa safida 3-o‘rinda mavsumni yakunlagan. 2009-yildan «Nasaf» a’zosiga aylangan. 2010-yil (3-o‘rin), 2011-yil (2-o‘rin) va OFK kubogi g‘olibi bo‘lgan. 2014-yilda «Neftchi» va OKMK klublarida to‘p tepgan. 2015-yil yana «Mash’al»ga qaytgan. Keyinchalik «So‘g‘diyona» va «Sho‘rtan» jamoalarida o‘ynagan. O‘zbekiston milliy hamda Olimpiya jamoalarida ham to‘p tepgan.

2018-yildan murabbiylik faoliyatini boshlab, «Zomin»ni 1-ligadan Proligaga olib chiqqan. «Rubin»ni boshqargan. 2023-yilda esa «Yangiyer» bilan ishlagan. 2025-yilda BO‘SMda futbol bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgandi. 2025-yilning noyabridan esa «Guliston» klubi bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

2011-yilda O‘zbekiston mustaqilligining 20 yillik ko‘krak nishoni sohibi bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting