Jahongir Abdusalomov – “Dinamo” futbolchisi
Photo: Dinamo PFK
"Dinamo" PFK 2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismi oldidan o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Mavsumning 1-davrasini "Surxon" safida o‘tkazgan Jahongir Abdusalomov "Dinamo" a’zosiga aylanganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. 26 yoshli hujumchi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolandi. Jahongir Abdusalomov kuni kecha "Dinamo"ning Belarusdagi yig‘iniga borib qo‘shildi va hozirda Vadim Abramov qo‘l ostida mashg‘ulotlarga kirishgan.
Abdusalomov faoliyati davomida "Surxon"dan tashqari, Superligada "Bunyodkor" va "Mash’al" sharafini ham himoya qilgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor