Jahon futboli afsonalari Milliy futbol markaziga tashrif buyurishdi
Kechа Jahon futboli afsonalari Milliy futbol markaziga tashrif buyurib, yangi bunyod etilgan zamonaviy futbol infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov hamrohligida mehmonlar sport tibbiyoti markazi, sog‘lomlashtirish va tiklanish bo‘limlari hamda futbolchilar istiqomat qilishi uchun mo‘ljallangan mehmonxonani ko‘zdan kechirishdi. Afsonaviy futbolchilar ushbu yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadilar.
Shuningdek, Milliy terma jamoamiz hamda U-17 Osiyo chempionati g‘olibi bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Futbol afsonalari jamoalarga samimiy tilaklar bildirib, oldinda turgan Jahon chempionatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.