locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Jahon futbol ligalari rahbariyati O'zPFL faoliyatini o'rganadi

Futbol 07 iyn 2025 da 12:26
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
Jahon futbol ligalari rahbariyati O'zPFL faoliyatini o'rganadi
FOTO: UZPFL

Jahon futbol ligalari rahbariyati 7-14-iyun kunlari Toshkentda bo‘ladi. Tashkilotning Ligalarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Stanislav Shtipkov Toshkentga yetib kelgan bo‘lib, 8-iyun sanasidan boshlab mutaxassis Ligada o‘rganish ishlarini boshlaydi.

Bunda e’tibor qaratiladigan masalalar:

• futbol klublarini litsenziyalash jarayoni;

• teletranslyatsiyalarni amalga oshirish mexanizmi;

• Liganing marketing siyosati;

• media va kommunikatsiya strategiyasi;

• stadionlar infratuzilmasi;

• musobaqalar o‘tkazish tartibi;

• liga boshqaruvi mexanizmi;

• Assotsiatsiya va Liga o‘rtasidagi munosabatlar.

Yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha Shtipkov Liganing shu masalalar bo‘yicha mas’ul vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi va o‘rganish ishlarini olib boradi. Bu boradagi yutuq yoki kamchiliklar bo‘yicha hisobot tayyorlaydi.

JLA 2025-yildan boshlab Ligalarni rivojlantirish dasturini ishga tushirgan bo‘lib, O‘zbekiston mazkur dasturning ilk ishtirokchisiga aylanmoqda. Endilikda JLA har yili bitta Ligani mazkur dastur ishtirokchisi sifatida saralab oladi va o‘rganishlari xulosasini yillik hisobotlarida aks ettiradi.

Ma’lumot uchun, O‘zPFL Jahon futbol ligalari assotsiatsiyasiga 2023-yildan boshlab rasman a’zo hisoblanadi. Hozirga qadar Liga tashkilotning yilda bir marta o‘tkaziladigan 3 ta forumida ishtirok etgan: Dubay (2022), Varshava (2023), Qohira (2024). 2025-yilgi forumga Afina shahri mezbonlik qiladi. O‘zPFL JLAning Markaziy Osiyo hamda MDH mamlakatlaridan yagona a’zosi hisoblanadi.

Jahon ligalari assotsiatsiyaga bugungi kunda 47 ta Liga a’zo hisoblanadi. Ular bilan quyida tanishish mumkin.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting