locale OZ

Jahon chempionatlari tarixida ilk bor uchta futbolchi bitta turnirda 7 tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi

Toʻpurarlar poygasida ham shu uch futbolchi yetakchilik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionatlari tarixida ilk bor uchta futbolchi bitta turnirda 7 tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi
FOTO: Getty Images

Mundiallar tarixida birinchi marta bitta musobaqa davomida birdaniga uch nafar futbolchi raqiblar darvozasini 7 marotabadan ko‘proq nishonga olishga erishdi. Bu haqda taniqli ekspert MisterChip o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Ayni damda to‘purarlar ro‘yxatida quyidagi futbolchilar yetakchilik qilmoqda:

  • Erling Holand (Norvegiya) — 7 gol
  • Kilian Mbappe (Fransiya) — 7 gol
  • Lionel Messi (Argentina) — 7 gol

Shu vaqtga qadar o‘tkazilgan jahon chempionatlarida bir turnir davomida bu marrani zabt etgan o‘yinchilar soni ikkitadan oshmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 nimchorak finalida Norvegiya terma jamoasi Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Skandinaviyaliklar safida Erling Holand dubl qayd etib, ushbu ko‘rsatkichga erishdi.

Mundialning chorak final bosqichida Norvegiya terma jamoasi Meksika – Angliya juftligi g‘olibi bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Ma’lumot o‘rnida, musobaqaning 1/16 finalida Braziliya terma jamoasi Yaponiya to‘sig‘idan o‘tgan edi (2:1), Norvegiya esa Kot-d`Ivuar ustidan g‘alaba qozongandi (2:1).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting