Jahon chempionatida zafar quchgan Ispaniya terma jamoasi Jahon kubogi bilan o‘z yurtiga qaytib keldi
Samolyot zinapoyasida birinchi bo‘lib terma jamoa sardori Rodri va bosh murabbiy Luis de la Fuente ko‘rinish berdi.
Foto: Getty Images
2026-yilgi Jahon chempionatida zafar quchgan Ispaniya terma jamoasi Jahon kubogi bilan o‘z yurtiga qaytib keldi.
Samolyot zinapoyasida birinchi bo‘lib terma jamoa sardori Rodri va bosh murabbiy Luis de la Fuente ko‘rinish berdi. Ular chempionlik kubogini baland ko‘targan holda muxlislarni qutladi.
Ispaniya 19-iyul kuni bo‘lib o‘tgan finalda Argentinani qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba golini 106-daqiqada Ferran Torres kiritdi.
Turnir yakuniga ko‘ra, Rodri Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist