Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan 18 ta terma jamoa nomi ma'lum bo‘ldi
Tunis milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.
Afrikaliklar ketma-ket uchinchi bor turnirda ishtirok etadi. Tunislilar Muhammad Ali Bin Romdanening yagona goli evaziga Ekvatorial Gvineya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqdi.
Hozirgacha AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashadigan 48 ta jamoaning 17 tasi maʼlum bo‘ldi: Kanada (mezbon), Meksika (mezbon), AQSH (mezbon), Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Ekvador, Marokash va Tunis.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha 3 ta mamlakat — AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi turnirdagi debyutini o‘tkazadi.