locale OZ

Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan 17 ta terma jamoa nomi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan 17 ta terma jamoa nomi ma'lum bo'ldi
ФОТО: Getty images

Marokash terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining final bosqichi yo'llanmasiga ega chiqdi.

E guruhidan Marokash milliy jamoasi o'z maydonida Nigerni qabul qilib tor-mor etdi – 5:0. Bu g'alabadan so'ng marokashliklar 6 o'yinda 6 g'alabaga erishgan holda 18 ochko bilan 1-o'rinni naqd qildi.

Hozirga qadar AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o'tadigan Jahon chempionatida qatnashadigan 48 ta jamoaning 17 tasi ma'lum bo'ldi: Kanada (mezbon), Meksika (mezbon), AQSH (mezbon), Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, O'zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Ekvador va Marokash.

Eslatib o'tamiz, futbol bo'yicha Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha 3 ta mamlakat — AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o'tadi. Unda O'zbekiston terma jamoasi turnirdagi debyutini o'tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting