locale OZ

Jahon chempionati qahramoni Vozinya Chiliga yo‘l olishi mumkin

Bu haqda jurnalist Sesar Luis Merlo xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionati qahramoni Vozinya Chiliga yo‘l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

2026 yilgi jahon chempionatidagi yorqin o‘yini bilan e’tibor qozongan Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya faoliyatini Chili chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sesar Luis Merlo xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Chilining mashhur «Kolo-Kolo» klubi prezidenti Anibal Mosa tashabbusi bilan 40 yoshli posbon bilan muzokaralar boshlangan.

Qizig‘i shundaki, jamoa bosh murabbiyi Fernando Ortis Vozinyani shaxsan talab qilmagan. Biroq u muzokaralar davom etishi va tajribali darvozabonning jamoaga qo‘shilishiga qarshi emas.

Vozinya 2026 yilgi jahon chempionatida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning ikkitasida o‘z darvozasini dahlsiz saqlab qoldi. Uning ishonchli harakatlari Kabo-Verde terma jamoasining mundialdagi muvaffaqiyatli ishtirokida muhim omillardan biri bo‘ldi.

Tajribali posbonning Portugaliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Shavish» klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy yozda yakunlandi va hozirda u erkin agent maqomiga ega.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting