Jahon chempionati finalida tanaffus 17 daqiqa davom etadi
Qayd etilishicha, tanaffusning o‘zidagi shou taxminan 11 daqiqa davom etadi.
Foto: Getty Images
2026 yilgi Jahon chempionati finalida tarixda ilk bor tanaffus odatdagi 15 daqiqa emas, 17 daqiqa davom etadi.
Marca xabariga ko‘ra, bunga final uchrashuvida ilk marta tashkil etiladigan maxsus musiqiy shou sabab bo‘ladi. Qo‘shimcha ikki daqiqa sahnani o‘rnatish va olib tashlash ishlari uchun ajratiladi.
Qayd etilishicha, tanaffusning o‘zidagi shou taxminan 11 daqiqa davom etadi. FIFA hozircha rasmiy reglament bo‘yicha izoh bermagan bo‘lsa-da, translyatorlar finalda aynan 17 daqiqalik tanaffus rejalashtirilganini ma'lum qilmoqda.
Ma'lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati finali 19 iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi MetLife Stadiumda Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist