locale OZ

Ixtiyor Toshpo'latov: O'zbekiston kubogida guruhdan keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilganmiz

"Bunyodkor-2" -- "Guliston" (1:2) o'yinidan so'ng mehmonlar yetachki futbolchilaridan biri bo'lgan Ixtiyor Toshpo'latov bahs borasida o'z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ixtiyor Toshpo'latov: O'zbekiston kubogida guruhdan keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilganmiz
photo: Guliston FK

Birinchi liga 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor-2" -- "Guliston" (1:2) o'yinidan so'ng mehmonlar yetachki futbolchilaridan biri bo'lgan Ixtiyor Toshpo'latov bahs borasida o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin juda qiziq bo'ldi. "Bunyodkor-2" ham juda yaxshi shakllangan jamoa ekan. Bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Ammo g'alaba qozonishni ko'proq istagandik. Natijada maqsadimizga erishdik. Bizda juda ahil jamoa yig'ilgan, har bir bahsda muvaffaqiyat qozonish va Proliga sari qadam tashlamoqdamiz. Butun jamoa bir oiladek bo'lib, harakat qilmoqda. Bu g'alaba bilan hamma sirdaryolik muxlislarni tabriklayman.

O'zbekiston kubogida ham katta maqsad va vazifalar qo'yganmiz. Turnirda shunchaki qatnashmoqchi emasmiz. Garchi guruhimizda kuchli jamolar bo'lishiga qaramay, keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qilamiz. Imkon bor ekan, bundan unumli foydalanishga urinamiz", — dedi Toshpo'latov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting