locale OZ

Ixtiyor Toshpo'latov: Azur jamoasi munosib qarshilik ko‘rsata oldi

O'yindan so'ng Guliston sardori Ixtiyor Toshpo'latov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ixtiyor Toshpo'latov: Azur jamoasi munosib qarshilik ko‘rsata oldi
photo: Guliston FK

"Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoa oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ygan, kuchli jamoalar edi. Azur jamoasi munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Ammo baribir o‘sha muhim golni urib, g‘alaba qozondik. Bundan juda xursandman. Guliston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman.

Raqibimizni o‘rganish davomida ular asosiy hujumlarini 9-raqamli futbolchi orqali tashkil etishini tushunib yetdik. Bugun ushbu futbolchiga qarshi personal tarzda o‘ynadim.

Bunday o‘yin uslubi menga begona emas. Superligada ham qator hujumchilarga qarshi shunday o‘ynaganman. Shu sababli bu vazifa unchalik qiyin bo‘lmadi", — deydi Toshpo'latov.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting