Iwobi faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin
Photo: Getty Images
“Fulhem”ning Nigeriyalik vingeri Aleks Iwobi faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda AfricaFoot nashri.
Qayd etilishicha, “matraschilar” allaqachon Iwobini anchadan beri kuzatib kelmoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
“Atletiko” Iwobi bo‘yicha allaqachon "Fulhem"ga 25 million yevrolik taklif yuborgan. Futbolchining o‘ziga esa 4 yillik shartnoma taklif qilishgan. Futbolchining vakillari bu taklifga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Yakunlangan mavsumda Aleks "Fulhem" safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor