locale OZ

Ivan Taranov Fayzullayevning ehtimoliy ketishi haqida fikr bildirdi

«Agar u rivojlanishni boshqa chempionatda ko‘rsa…»
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: championat.com

CSKAning sobiq himoyachisi Ivan Taranov o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Abbosbek Fayzullayevning jamoani tark etishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirdi.

— Bu yerda eng muhimi — o‘zi Fayzullayev nima haqida o‘ylayapti? Agar u rivojlanish uchun boshqa chempionat maqbul deb hisoblasa, CSKA uni qo‘yib yuborishi kerak. Ammo u Rossiyada qolishni va jamoaga sadoqatini namoyon qilishni istasa, bunday futbolchini saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rish lozim, — dedi Taranov.

Shuningdek, mutaxassis Fayzullayevning kelajagini yangi taktik sxemaga bog‘lab baholash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi:

— Taktik tuzilma faqat qog‘ozda. Aslida o‘yinni futbolchilar yaratadi. Har bir qaror maydonda bir lahzada qabul qilinadi. Shuning uchun haqiqiy professionallar turli sxemalarga moslasha olishlari kerak.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting