locale OZ

Ivan Rakitich faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ivan Rakitich faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi
Photo: Getty Images

Xorvatiya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Ivan Rakitich 37 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Rakitich "Sevilya" va "Barselona"dagi o'yinlari bilan tanilgan. U, shuningdek, “Bazel”, “Shalke”, “Xayduk” va Saudiya Arabistonining “Ash-Shabab” klublarida ham to'p surgan.

U Xorvatiyaning asosiy terma jamoasi safida 106 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urgan. Terma jamoa bilan birga 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan. Rakitich Ispaniyaning ko'p karra chempioni, Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va UEFA Superkubogi g'olibi hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting