Ivan Peshich — OKMK futbolchisi
Yozgi transfer oynasi doirasida OKMK futbol klubi yangi legioner bilan shartnoma imzoladi. O'tgan mavsumni Ruminiyada oʻtkazgan xorvatiyalik futbolchi Ivan Peshich faoliyatini endilikda jamoamiz safida davom ettiradi.
Ivan Peshich professional faoliyati davomida Yevropaning bir qator klublari safida toʻp surgan. U Xorvatiyaning U-19 terma jamoasi safida harakat qilgan boʻlib, Ruminiyaning «Dinamo» (Buxarest) va «Kindiya» (Tirgovishte), Ukrainaning «Vorskla» (Poltava) hamda Belarusning «Dinamo» (Minsk) klublari sharafini himoya qilgan.
Shuningdek, futbolchi Qozogʻistonning «Shaxtyor» (Karaganda), «Kaspiy» (Aktau) va «Qaysar» jamoalari safida ham muvaffaqiyatli toʻp surgan. Uning xalqaro tajribasi, tezkorligi va hujumdagi samarali harakatlari jamoamizning hujum chizigʻini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.
Klub va 1992-yilda tugʻilgan xorvatiyalik futbolchi Ivan Peshich oʻrtasida joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladigan mehnat shartnomasi imzolandi.