locale OZ

Italiyaning Yuventus klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini davom ettirish uchun turli ligalarni ko'rib chiqmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiyaning Yuventus klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini davom ettirish uchun turli ligalarni ko'rib chiqmoqda
Italiyaning Yuventus klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini davom ettirish uchun turli ligalarni ko'rib chiqmoqda

Italiyaning «Yuventus» klubi sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini davom ettirish uchun turli ligalarni ko'rib chiqmoqda. Sky Sports jurnalisti Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, futbolchi Germaniya Bundesligasi, Ispaniya La Ligasi va Fransiya Liga 1 jamoalaridan takliflar olgan. Shuningdek, Pogbaning AQSh MLS yoki Saudiya Arabistoni chempionati klublariga o'tishi ham istisno qilinmayapti.

Hozirda Pogba Mayamida mashg'ulot o'tkazmoqda va kelasi mavsumda yangi klub bilan shartnoma imzolab, maydonga qaytishni rejalashtirmoqda. Uning vakillari va qiziqish bildirgan jamoalar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Avvalroq fransuz futbolchisi doping qoidalarini buzgani uchun to'rt yilga diskvalifikatsiya qilingan edi, biroq keyinchalik ushbu jazo muddati 18 oygacha qisqartirildi. 2025 yil 10 mart kuni Pogba rasmiy ravishda diskvalifikatsiya muddatini tugatdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting