Italiyaning 3 ta klubi Jahongir O‘rozovga qiziqmoqda
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin.
Sports24.uz xabariga ko‘ra, 22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchiga Yevropaning ko‘plab jamoalari qiziqish bildirmoqda. Xususan, Italiya chempionatidagi “Fiorentina”, “Venezia” va “Udinese” klublari O‘rozov bo‘yicha kuzatuv olib bormoqda.
Shuningdek, unga “Borussiya Myonxengladbax” klubidan ham aniq takliflar borligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Jahongir O‘rozov hozirda Samarqandning “Dinamo” sharafini himoya qilmoqda. Uning samarqandliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo‘ljallangan.
Jahongir O‘rozov O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etdi. U Kolumbiyaga qarshi o‘yinda 13 daqiqa, Kongo DRga qarshi bahsda esa 82 daqiqa maydonda harakat qilgan edi.