Italiyalik futbolchi Eldor Shomurodovning jamoadoshlarini urib tashladi
“Fiorentina” jamoasining yarim himoyachisi Nikolo Dzaniolo mojaro markazida qoldi. Italiyalik futbolchi “Roma” klubining yoshlar jamoasi kiyinish xonasiga bostirib kirib, futbolchilarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etdi.
Italiya OAV xabar berishicha, uchrashuv tugaganidan so‘ng Dzaniolo “Roma” yoshlar jamoasining kiyinish xonasiga kirib borgan va u yerda bir nechta futbolchi bilan tortishuqqa kirishgan. Tez orada tortishuv mushtlashuvga aylangan — Dzaniolo ikki futbolchiga jismoniy ta’sir o‘tkazgan.
Yuz bergan voqea katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. “Roma” klubi voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi:
“FK ‘Roma’ bugungi o‘yindan so‘ng futbolchi Nikolo Dzaniolo ishtirokida noxush holat yuz berganini tasdiqlaydi. Ilk ma’lumotlarga ko‘ra, u yoshlar jamoasi futbolchilariga nisbatan provokatsion va zo‘ravon harakatlar sodir etgan. Klub har qanday agressiv xulq-atvorni qoralaydi va bu sport ruhiyatiga zid deb hisoblaydi”, — deyiladi bayonotda.
E’tiborlisi, Eldor Shomurodov — “Roma” klubiga tegishli bo‘lgan o‘zbekistonlik hujumchi bo‘lib, u avval Dzaniolo bilan asosiy tarkibda birga to‘p surgan.
Ayni paytda hodisa Italiya futbolining tegishli organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Dzanioloning jiddiy jazoga tortilishi ehtimoli bor.