locale OZ

Italiya — Yevro U-17 g'olibi

G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya — Yevro U-17 g'olibi
ФОТО: Getty images

17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Yevropa chempionatining final uchrashuvida Italiya terma jamoasi Belgiya ustidan g'alaba qozondi.

Tallin shahridagi stadionda bo'lib o'tgan Yevro-2026 finali penaltilar seriyasida italiyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.

85-daqiqada Noa Oxea belgiyaliklarni oldinga olib chiqdi, qo'shimcha vaqtda esa Marcello Fugadzola penaltidan hisobni tenglashtirdi. 11 metrlik zarbalar seriyasida italiyalik futbolchilar ustun kelishdi (4:3).

Italiya U17 terma jamoasi o'zining ikkinchi chempionligini qo'lga kiritdi — "Squadra Azzurra" birinchi marta 2024 yilda Yevroni yutgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting