Italiya Superkubogi Saudiya Arabistonida o‘tkazilmaydi
Italiya A Seriyasi rahbari Luigi De Servio tasdiqladi: 2026/2027 mavsumi Italiya Superkubogi Saudiya Arabistonida o‘tkazilmaydi.
«Bu murakkab masala. Bizda muayyan kontraktlar bor va shuni aytish mumkinki, musobaqa Saudiya Arabistonida bo‘lmaydi. Qo‘lda Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazish varianti bor, yana bir xalqaro variant ham mavjud, shuningdek, uni Italiyada bir yilga o‘tkazish imkoniyati ham bor», — dedi De Servio Radio RAI’ga.
Eslatib o‘tamiz, oldingi Superkubok Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan va tashkilotchilarda keyingi turnirni ham o‘sha yerda o‘tkazish huquqi bo‘lgan. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, ular bu punktdan foydalanmaslikka qaror qilishdi, shu bois musobaqa boshqa joyda tashkil etiladi.
Yangi ehtimoliy joylar qatorida AQSH va Italiya bor. Musobaqa formati o‘zgarmaydi va «To‘rtlik final» shaklida o‘tkaziladi — amaldagi chempion va Italiya Kubogi sohibi bilan birga Seriya Aning ikkinchi jamoasi hamda oldingi mavsum Kubogining finalchisi ishtirok etadi.