Italiya milliy jamoasi ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatiga chiqa olmadi
Italiya milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichining hal qiluvchi pley-off bahsida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar seriyasi — 1:4). Ushbu mag‘lubiyat natijasida Jennaro Gattuza shogirdlari AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan turnir yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishdi.
Shu tariqa, «Skuadra Adzurra» o‘z tarixida ketma-ket uchinchi bor jahon birinchiligini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Italiyaliklar bundan avval 2018 hamda 2022 yillarda o‘tkazilgan Jahon chempionatlariga ham saralashdan o‘ta olishmagan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Italiya terma jamoasi ishtirok etgan so‘nggi yirik mundial 2014 yilgi Braziliya mezbonligidagi turnir bo‘lib qolmoqda. O‘shanda jamoa Kosta-Rika, Urugvay va Angliya bilan bir guruhdan joy olib, 3-o‘rinni egallagan va pley-off bosqichiga yo‘l ololmagan edi.
O‘z navbatida, Bosniya va Gersegovina terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor Jahon chempionatining final bosqichida debyut qiladi. Bosniyaliklarning ushbu musobaqadagi ilk ishtiroki ham 2014 yilgi Braziliya mundialiga to‘g‘ri kelgan edi.