locale OZ

Italiya milliy jamoasi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi oʻyin oldidan bonus talab qilishgan — manba

Biroq futbolchilarning bu talabi federatsiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya milliy jamoasi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi oʻyin oldidan bonus talab qilishgan — manba
FOTO: Getty Images

Italiya terma jamoasi futbolchilari Bosniya va Gersegovinaga qarshi hal qiluvchi bahs oldidan federatsiyadan har bir o‘yinchi uchun 10 ming yevro miqdorida shaxsiy bonus to‘lanishini talab qilishgan. Ushbu mukofot pullari jamoa Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan taqdirda berilishi kerak edi. Biroq Italiya futbol federatsiyasi ushbu so‘rovni o‘yin boshlanishidan avval rad etgan. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Natijada, «Skuadra Adzurra» saralashning «A» yo‘li final uchrashuvida Bosniya va Gersegovina termasiga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar seriyasida 1:4). Ushbu mag‘lubiyat italiyaliklar uchun ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatini o‘tkazib yuborish deganidir.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting