locale OZ

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga uchta asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Amaldagi murabbiy Jennaro Gattuzo isteʼfoga chiqarilishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga uchta asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi
FOTO: Getty Images

«Napoli» ustozi Antonio Konte va «Milan» murabbiyi Massimiliano Allegri Jennaro Gattuzo iste’foga chiqarilgan taqdirda Italiya terma jamoasi boshqaruviga asosiy nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda. Shuningdek, da’vogarlar qatorida terma jamoaning sobiq ustozi Roberto Manchini ham bor. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.

Kontening «Napoli» bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi va klub prezidenti Aurelio De Laurentis mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Allegrining «Milan» bilan kelishuvi esa, agar jamoa Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olsa, yana bir yilga uzaytiriladi. Har ikki murabbiy ham faqat uzoq muddatli loyiha va aniq rejalalar mavjud bo‘lgandagina milliy jamoani boshqarishga rozi bo‘lishadi. Shu bilan birga, ularning klublar bilan amaldagi shartnomalarini bekor qilish oson kechmaydi.

Hozirda Qatar professional ligasining «Al Sadd» klubida faoliyat yuritayotgan Roberto Manchini 2018-2023 yillarda o‘zi boshqargan terma jamoaga qaytishga tayyor. Uning klubi bilan shartnomani bekor qilishi hech qanday muammo tug‘dirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy bergan edi (1:1, penaltilar seriyasida 1:4).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting