Italiya Kubogining barcha yarimfinal juftliklari maʼlum boʻldi
Italiya Kubogining so‘nggi chorak final bahsi kutilmagan voqealarga boy tarzda yakunlandi. Chorshanba, 11 fevral kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rimning «Latsio» jamoasi safarda «Bolonya» mehmoni bo‘ldi va penaltilar seriyasida 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarimfinal yo‘llanmasini naqd qildi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi. Mezbonlar safida Santyago Kastro gol urgan bo‘lsa, mehmonlardan Tijani Noslin darvozani ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi.
G‘olibni aniqlash uchun belgilangan penaltilar seriyasida «Bolonya» vakillari Lyuis Fergyuson va Rikardo Orsolini o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishmadi, bu esa «burgutlar»ga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, turnirning barcha yarimfinalchilari nomi ma’lum bo‘ldi. Musobaqa jadvalining ushbu bosqichida jamoalar quyidagi juftliklarga bo‘lingan:
«Inter» — «Komo»
«Latsio» — «Atalanta»
Ushbu g‘alaba orqali «Latsio» mavsumdagi sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.