locale OZ

Italiya kubogi. «Milan» «Latsio»ga mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi

Bitta gol o'yin taqdirini hal qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya kubogi. "Milan" "Latsio"ga mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi
ФОТО: Getty images

Italiya kubogining 2025/2026 yilgi mavsumi 1/8 final bosqichida "Latsio" o'z maydonida "Milan"ni qabul qildi. Rimda o'tgan kurashlarga boy o'yin 1:0 hisobida mezbonlarning foydasiga hal bo'ldi.

80-daqiqada Nunu Tavaresh tomonidan uzatilgan burchak to'pini Mattia Dzakkan'yi bosh bilan darvozaga yo'llab, rimliklarni oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, "Latsio" musobaqaning chorak finaliga yo'l oldi, "Milan" esa Italiya kubogidagi ishtirokini yakunladi.

Italiya kubogi, 1/8 final
Latsio — Milan — 1:0
Gollar: 1:0 — Dzakkan'yi, 80'

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting