Italiya kubogi. «Latsio» penaltilar seriyasida «Atalanta»dan ustun kelib, finalga yo‘l oldi
Rim klubi finalda "Inter"ga qarshi o‘ynaydi.
ФОТО: Getty images
Italiya kubogi
22.04.2026, Yak.
Atalanta
1
Lasio
1
Italiya kubogi yarim finali javob bahsida “Atalanta” va “Latsio” o‘zaro to‘qnash keldi. Bergamodagi "Jeviss — Atleti Adzurri d’Italia" stadionida o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Finalda Sarri bosh murabbiylik qilayotgan “Latsio” “Inter”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 13 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Italiya kubogi. Yarim final. Javob bahsi
“Atalanta” — “Latsio” 1:1 (penalti — 1:2)
Gollar: Alessio Romagnoli 84', Mario Pašalić 86'
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist