Italiya Kubogi. «Komo» safarda «Napoli»ni taslim etib, yarimfinalga yo‘llanma oldi
Italiya Kubogining chorak final bosqichi doirasida «Napoli» hamda «Komo» jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Neapoldagi «Diego Armando Maradona» stadionida kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi — 1:1. Penaltilar seriyasida esa mehmonlarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvning 39-daqiqasida «Komo» yarimhimoyachisi Martin Baturina hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim startida, anirog‘i 47-daqiqada neapolliklar vakili Antonio Vergara muvozanatni tikladi. O‘yindan keyingi o‘n metrlik zarbalar seriyasida omad mehmonlarga kulib boqdi.
Shu tariqa, «Komo» futbolchilari turnirning yarimfinal bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya Kubogining amaldagi sohibi «Bolonya» hisoblanadi. Ular o‘tgan mavsum finalida «Milan» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
Italiya Kubogi. Chorak final
«Napoli» — «Komo» 1:1 (pen. 6:7)
Gollar: Vergara (47) — Baturina (38).