locale OZ

Italiya barcha jahon chempionlari orasida antirekord oʻrnatdi

«Adzurra» Bosniya va Gertsegovinaga magʻlub boʻlib, mundial yoʻllanmasidan quruq qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya barcha jahon chempionlari orasida antirekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Italiya terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan hal qiluvchi pley-off bahsida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar seriyasida 1:4). Ushbu mag‘lubiyat sababli «Skuadra Adzurra» barcha Jahon chempionlari orasida anti-rekord o‘rnatdi — jamoa o‘z tarixida ilk bor ketma-ket uchta mundialdan quruq qolmoqda.

Shunday qilib, futbol tarixida birinchi marta Jahon chempioni unvoniga ega bo‘lgan terma jamoa ketma-ket uchta final bosqichida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

Italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi Jahon chempionatida maydonga tushishgan edi. Ta’kidlash joizki, Italiya terma jamoasi to‘rt karra dunyo chempioni (1934, 1938, 1982, 2006) hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting