locale OZ

Italiya A seriyasida 21 aprelga belgilangan o‘yinlar Rim papasining vafoti sababli qoldirildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya A seriyasida 21 aprelga belgilangan o‘yinlar Rim papasining vafoti sababli qoldirildi
Italiya A seriyasida 21 aprelga belgilangan o‘yinlar Rim papasining vafoti sababli qoldirildi

Italiya A seriyasida 21 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bir nechta uchrashuv Rim papasi Fransisning vafoti munosabati bilan boshqa kunga ko‘chirildi. U Vatikanidagi rezidensiyasida vafot etgan.

A Seriya rasmiylari shunday ma'lum qilgan: «Rim papasining vafoti munosabati bilan A Seriya Professional Ligasi bugunga belgilangan barcha o‘yinlar boshqa muddatga qoldirilishini e'lon qiladi».

33-turning qolib ketgan o‘yinlar ro‘yxati:
Torino — Udinese
Cagliari — Fiorentina
Genoa — Lazio
Parma — Juventus

A Seriya turnir jadvalida «Inter» klubi 71 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Uning ortidan 71 ochkoga ega «Napoli» kelmoqda, uchinchi o‘rinda esa «Atalanta» klubi 64 ochko bilan joy olgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting