locale OZ

Iste’dodlarni izlab: Samarqand safari yakunlandi

Bugun Viloyat futbol akademiyasi sport zalida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida ishchi guruh dastlab ishtirokchilarni turli mashqlar orqali kuzatdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Iste’dodlarni izlab: Samarqand safari yakunlandi
photo: UFF

O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari murabbiylari hamda O‘zbekiston futzal federatsiyasi vakillaridan iborat ishchi guruhning Jizzax va Samarqand viloyatlariga amalga oshirgan safari bugun qadimiy va navqiron Samarqand shahrida yakunlandi. Safar nihoyasiga yetgach, ishchi guruh a’zolari poytaxt sari yo‘l oldi.

Ta’kidlash joiz, guruhning vohaga amalga oshirgan tashrifi samarali kechdi. Jizzaxda bo‘lgani kabi, Samarqand viloyatida ham seleksiya jarayonida 70 nafardan ortiq iqtidorli yosh futzalchi o‘z mahoratini namoyish etdi.

Bugun Viloyat futbol akademiyasi sport zalida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida ishchi guruh dastlab ishtirokchilarni turli mashqlar orqali kuzatdi. Shundan so‘ng yoshlar nazorat uchrashuvida sinovdan o‘tkazildi. Terma jamoalar talablariga javob beradigan istiqbolli futzalchilar murabbiylar shtabi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Mazkur seleksiya safari mamlakatning barcha hududlarida yakunlangach, saralab olingan futzalchilar poytaxtga taklif etiladi. Ular O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes ishtirokida o‘tkaziladigan yakuniy saralash bosqichida ishtirok etishadi.

O‘zbekiston futzal federatsiyasining seleksiya bo‘yicha ishchi guruhi Toshkentga qaytgach, qisqa tanaffusdan so‘ng navbatdagi safarga yo‘l oladi. Rejaga ko‘ra, 2–3-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida seleksiya tadbirlari tashkil etiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting