locale OZ

Iste’dodlarni izlab: Jizzax — iste’dodlar maskani!

Viloyat jamoalarining muvaffaqiyatlari esa hududda futzalning chinakam ommalashuvi va taraqqiy etishiga xizmat qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Iste’dodlarni izlab: Jizzax — iste’dodlar maskani!
photo: UFF


Keyingi yillarda Jizzax viloyati mamlakatimiz futzalining yetakchi markazlaridan biriga aylanib borayotgani sir emas. Avvaliga “Jizzax Kenteks”, so‘nggi to‘rt yil davomida esa “BMB PFC” jamoalarining O‘zbekiston chempionati va mamlakat kubogi musobaqalarida muntazam ravishda yetakchilik qilib kelayotgani buning yaqqol isbotidir.

Viloyat jamoalarining muvaffaqiyatlari esa hududda futzalning chinakam ommalashuvi va taraqqiy etishiga xizmat qilmoqda. Bugun ertalab xizmat safari bilan Jizzaxga yetib kelgan O‘zbekiston futzal federatsiyasi ishchi guruhi bunga yana bir bor amin bo‘ldi.

O‘FF Terma jamoalar departamenti tomonidan o‘smirlar va yoshlar terma jamoalariga munosib nomzodlarni saralab olish maqsadida tashkil etilayotgan seleksiya jarayonining ilk kunida qariyb 70 nafar yosh futzalchining ishtirok etgani ham bejiz emas.

Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari bosh murabbiylari nomzod futbolchilar bilan yaqindan tanishib, ularning mahorati va salohiyatini sinovdan o‘tkazishdi. Ikki tomonlama nazorat uchrashuvlari davomida eng iqtidorli va istiqbolli o‘yinchilar murabbiylar e’tiboriga tushib, qayd etib borildi.

Ertaga ham Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida navbatdagi ko‘rik-saralash mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.

Boshlanish vaqti: 10:00

Futzalga qiziqadigan, o‘z imkoniyatlarini namoyish etishni istagan barcha yoshlarni ushbu seleksiya jarayonida ishtirok etishga chorlaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting