locale OZ

«Istanbul Bashakshehir» Konferensiyalar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Shomurodov yakunlangan mavsumda 22 ta gol va 5 ta assist bilan jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Istanbul Bashakshehir» Konferensiyalar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
ФОТО: Getty images

Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev to‘p surayotgan Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichiga yo’llanma oldi.

Turkiya Superligasining yakunlangan mavsumida «Bashakshehir» 57 ochko bilan 5-o‘rinni egalladi. Dastlab bu o‘rin yevrokuboklar uchun yetarli emas edi. Biroq, 3-o‘rinni olgan «Trabzonspor» Turkiya Kubogi finalida g‘alaba qozonib, Yevropa Ligasi yo‘llanmasini naqd qildi. Natijada, chempionat orqali beriladigan Konferensiyalar Ligasi yo‘llanmasi 5-o‘rindagi «Bashakshehir»ga o‘tdi.

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov yakunlangan mavsumda 22 ta gol va 5 ta assist bilan jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting