“Istanbul Bashakshehir” derbida zafar quchdi — Shomurodov va Fayzullayev starter sifatida
O‘zbekistonlik futbolchilar yangi jamoalarida o‘rtoqlik uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi
Rasm: Instagram
“Istanbul Bashakshehir” va “Istanbulspor” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi “Bashakshehir”ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bellashuvdagi yagona golni jamoaning yangi a’zosi Devi Zelke kiritdi.
O‘zbekistonlik Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev o‘yinni asosiy tarkibda boshlashdi. Fayzullayev uchun bu bellashuv yangi klubidagi ilk norasmiy debyut bo‘ldi.
Bakradze Iman
Redaktor