locale OZ

«Istanbul Basaksehir» Eldor Shomurodovni to‘liq sotib oladi

Transfer summasi 2,8 million yevroni tashkil qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Istanbul Basaksehir» Eldor Shomurodovni to‘liq sotib oladi
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning “Roma” klubidan Turkiyaning "Istanbul Basaksehir" klubiga rasmiy ravishda o‘tadi.

Turkiyaliklar 30 yoshli futbolchini to‘liq sotib olish bandini faollashtirdi.

O‘z navbatida Rim klubi futbolchi ketishini tasdiqladi. Bungacha forvard turk jamoasida ijarada to‘p surayotgan edi, ammo kelishuv shartlariga ko‘ra, Turkiya klubi Superligadagi o‘rnini saqlab qolgach, o‘yinchini sotib olish majburiyatiga ega edi. Transfer summasi 2,8 million yevroni tashkil qiladi, shu bilan birga “Roma” ijara uchun alohida 3 million yevro olgan. Shuningdek, “bo‘rilar” futbolchining keyingi transferidan 10 foiz ulushga ega bo‘ladi.

Joriy mavsumda Shomurodov Turkiya chempionatida 30 o‘yinda 18 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting