Isroil futbol assotsiatsiyasi Eron bilan mojaro tufayli diskvalifikatsiya qilinishidan xavotirda emas — manba
Eslatib oʻtamiz, fevral oyi oxirida AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi.
FOTO: Getty Images
Isroil futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati Eron bilan yuzaga kelgan harbiy nizo fonida mamlakat jamoalarining xalqaro musobaqalardan chetlatilishi ehtimoli yuzasidan izoh berdi.
Fevral oyi oxirida AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Bunga javoban Eron Isroil, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Bahrayndagi AQSH harbiy bazalariga zarbalar berdi.
— Eron va Isroil o‘rtasidagi harbiy nizo fonida FIFA yoki UEFA tomonidan terma jamoa va klublarni xalqaro turnirlardan chiqarib yuborish bo‘yicha murojaatlar bo‘ldimi?
— Yo‘q. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Biz bundan xavotirda emasmiz, — deya Isroil futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining ismi oshkor etilmagan vakili so‘zlarini keltiradi Sport24.
Nasrullo Karimov
Jurnalist